O‘zbekiston yoshlar ittifoqi NIU boshlang‘ich tashkiloti hamda fakultet koordinatorlari hamkorligida kibersport musobaqasining universitet bosqichi tashkil etildi. Musobaqadan maqsad talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, intellektual salohiyati va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdir. Bellashuvda turli ta’lim yo‘nalishlari talabalari faol ishtirok etdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, energetika muhandisligi yo‘nalishi 2-bosqich talabalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.