18-noyabr kuni Navoiy innovatsiyalar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 35 yilligi nishonlandi. Tong sahardan ma’naviyat bo‘limi tomonidan professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlar ko‘tarinki ruhda, tantanali kutib olindi. Tashrif buyuruvchilarning ko‘ksiga Vatanimiz bayrog‘i tasviri tushirilgan lentalar taqib qo‘yildi, universitet ekranlarida esa talabalar tayyorlagan vatanparvarlik ruhidagi videoroliklar namoyish etildi. Universitet jamoasi va talabalari bosh bino oldida bayrog‘imiz ostida birlashdi.