O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tashabbusi bilan “Ittifoq billur kubogi” mini-futbol musobaqasi o‘tkazildi. Unda Navoiy davlat universiteti, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Navoiy innovatsiyalar universiteti hamda Navoiy Sharq universiteti jamoalari ishtirok etdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, 1-o‘rinni Navoiy davlat universiteti, 2-o‘rinni Navoiy innovatsiyalar universiteti, 3-o‘rinni Navoiy Sharq universiteti jamoalari egalladi. G‘olib jamoalar Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining diplom, kubok hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.