Markaz haqida
Axborot-resurs markazi haqida
Jahonda kutubxonalar ma’naviyatli insonlarni tarbiyalashda asosiy muassasa bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va madaniy ongining rivojlanishi uchun juda ko‘p vazifalarni bajarmoqda. Kutubxonalar bugunga qadar o‘tmish, hozir va kelajak o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini o‘tamoqda. Axborot resurs markazi, madaniy-ta’lim markazi hisoblanib, foydalanuvchilarni kutubxonaga jalb qilishning yangi yo‘llarini topish bilan xizmat ko‘rsatish shakllarini va axborotni yanada to‘liqroq taqdim etishni muntazam takomillashtirib borishdan iborat. Navoiy innovatsiyalar universiteti 2022-yil tashkil etilgan bo`lib, Hozirgi kunda Darslik 1749 ta, O`quv qo`llanma 2876 ta, Monografiya 179 ta, Badiiy adabiyot 5696 ta. Umumiy fond 10500 tani tashkil etadi. Foydalanuvchilar soni 6735 tani tashkil etib, qatnovchilar soni 13800 tani tashkil etadi.
Axborot-kutubxona markazidan hafta davomida talabalarga muntazam dars jarayonida o‘quv-darsliklari, maxsus fanlar va badiiy adabiyotlardan, elektron darsliklardan, internet tarmog‘i orqali kerakli bo‘lgan adabiyotlardan foydalanish ishlari olib boriladi.
Kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish.
Foydalanuvchilar uchun 2 ta kompyuter sinfi, nusxa ko`chirish va skaner qurimalari, Infokeoska mavjud bo`lib, 40+20=60 O‘rinli kompyuter sinfi yaratilgan. Barcha kompyuterlar internet tarmog`iga ulangan bo‘lib, Internet tarmog‘idan o‘zlariga kerakli bulgan ma’lumotlarni olishlari va ofis dasturlarida (Word, Exsel, Pover Point va boshq.) o‘zlari ishlashlari mumkin.

