Ayni kunlarda Navoiy innovatsiyalar universiteti professor-o’qituvchilari Madina Savriyeva va Dilnoza Ochilova Turkiyaning hamkor Fırat universitetida tashkil etilgan Hybrid Professional Development Programme kasbiy rivojlanish dasturida ishtirok etmoqda.
Dastur davomida ustozlar zamonaviy ta’lim metodlari, raqamli texnologiyalar va xalqaro akademik tajribani o’rganish bilan birga, 10-noyabr kuni O’zbekiston nomidan xalqaro maydonda so’zga chiqish imkoniga ham ega bo’ldilar. Ushbu chiqish ular uchun nafaqat ilmiy tajriba almashish, balki Vatanimizning ta’lim va ilm-fan salohiyatini munosib namoyon etish imkoniyati bo’ldi.
“Qalbimizda Vatanga muhabbat, faoliyatimizda ilmga intilish, maqsadimizda esa yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo’shish bor”, — deydi ustozlarimiz.