Navoiy innovatsiyalar universitetida talaba-yoshlarning intellektual salohiyati, ijodkorligi, topqirligi va sahna madaniyatini namoyon etishga qaratilgan “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.
Bellashuvda ikki jamoa — DDT va IBI guruhlari o’zaro kuch sinashib, hazil-mutoyiba, zukkolik, hozirjavoblik hamda ijodiy chiqishlari bilan tomoshabinlarga unutilmas taassurot ulashdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuv yakunida faxrli 1-o’rin IBI guruhiga nasib etdi. DDT guruhi ham munosib ishtirok etib, o’zining shijoati va mahoratini namoyon qildi.