Filologiya va tillarni o’qitish kafedrasi dotsenti v.b., filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Rimma Biksaliyeva 12–13-noyabr kunlari Bolgariyaning Sofiya shahridagi Yangi Bolgariya universitetida o’tkazilgan “Madaniyatlararo kommunikatsiya” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning xalqaro tashkiliy qo’mitasi tarkibiga kiritildi.
Shuningdek, ustozning bevosita ko’magi va tashabbusi bilan NIU magistrantlari hamda bakalavriat talabalari ham mazkur nufuzli ilmiy anjumanda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ldi. Ularning ilmiy ma’ruzalari konferensiyaning rasmiy dasturidan o’rin oldi.
Mazkur natija universitetimizning xalqaro ilmiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, yosh tadqiqotchilarni xalqaro akademik muhitga jalb etish hamda ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish yo’lidagi muhim qadamlardan biridir.
Eslatib o’tamiz, Rimma Biksaliyeva 16–18-oktabr kunlari Gretsiyadagi CONFLUENCE.RU xalqaro forumida ham O’zbekiston vakili sifatida ishtirok etib kelgan edi.