+998 78 150-40-40 info@niuedu.uz
Talabalar uchunOta-onalar uchunXodimlar uchun
NAVOIY INNOVATSIYALARUNIVERSITETI
Universitet
Universitet haqidaRahbariyatKengashlarKampuslarBo'lim va markazlarYashil universitetBitiruvchilarVakansiyalar
Ta'lim
Ilm va fan
Ilmiy faoliyatKafedralarOlimlar klubiKonferensiya va tadbirlarUniversitet texnologiyalariAvtoreferatlarAxborot-resurs markazi
Hamkorlik
HamkorlarXalqaro faoliyat
Yangiliklar
YangiliklarFotogalereya va videolarKelajakka qadam
Aloqa
AloqaRektorga murojaat
Ariza topshirish
NAVOIY INNOVATSIYALARUNIVERSITETI

Biz bilan bog'lanish

+998 78 150-40-40

info@niuedu.uz

Navoiy viloyati Karmana tumani Toshkent ko'chasi 39-uy

Universitet

RektoratTuzilmaMissiya va qadriyatlarRasmiy hujjatlarAloqa

Talaba uchun

MoodleKutubxonaStipendiyaKaryera markaziTalabalar turar joyi

Foydali

YangiliklarTadbirlarSavol-javobSayt xaritasiOchiq ma'lumotlar
© 2022-2026 Navoiy innovatsiyalar universiteti. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlari
Bosh sahifaYangiliklarBatafsil
Yangilik
17.12.2024 1 daqiqa

"Vatan, to tanda jonim bor — seningdirman, seningdirman!"

"Vatan, to tanda jonim bor — seningdirman, seningdirman!" Navoiy innovatsiyalar universitetida "Filologiya va tillarni oʻqitish" kafedrasi o'qituvchilari tomonidan oʻzbek adabiyotiga munosib hissa qo'shgan zabardast ijodkor, olovqalb shoir, mahoratli tarjimon, mohir dramaturg va…

"Vatan, to tanda jonim bor — seningdirman, seningdirman!"

"Vatan, to tanda jonim bor — seningdirman, seningdirman!"

Navoiy innovatsiyalar universitetida "Filologiya va tillarni oʻqitish" kafedrasi o'qituvchilari tomonidan oʻzbek adabiyotiga munosib hissa qo'shgan zabardast ijodkor, olovqalb shoir, mahoratli tarjimon, mohir dramaturg va davlat arbobi, O'zbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 88 yilligiga bagʻishlangan adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi.

Tadbir avvalida Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi Navoiy viloyat boʻlimi boshligʻi Baxriddin Sadriddinov, universitetning ma'naviy-ma'rifiy ishlar va yoshlar masalalari bo‘yicha prorektori A.Ergashov hamda Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi mudiri K.Kadirovlar so‘zga chiqib, Erkin Vohidov asarlari g‘oyasi hamda shoir shaxsiyati haqida oʻzining qimmatli fikr-mulohazalarini bildirib oʻtishdi.

Tadbir davomida Erkin Vohidov sheʼriyati, gʻazal, doston, dramalariga alohida urgʻu berilib, asarlari asosida sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Shoir sheʼrlari asosida xalqimizning musiqiy mulkiga aylangan qoʻshiqlar jonli ijroda kuylandi.

"Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili" ta'lim yoʻnalishining bitiruvchi 5-kurs talabalari ishtirokida o‘tkazilgan ushbu tadbir barchaga manzur bo‘ldi.

Tadbir soʻngida iste'dodli va iqtidorli, faol va jonkuyar talabalar universitet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.

Atoqli shoirimiz Erkin Vohidovning yorqin xotirasi va o‘lmas asarlari biz avlodlar qalbida mangu yashaydi!

Maqola haqida

Sana
17.12.2024
Tur
Yangilik
O'qish vaqti
1 daqiqa

O'xshash yangiliklar

  1. 01Kelajakka qadam15.09.2026→
  2. 02RASMIY AXBOROT - Universitet rahbariyatidagi o'zgarishlar07.07.2026→
  3. 03"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi xayrli ishlarda Navoiy yoshlari ham faol ishtirok etishmoqda21.05.2026→
  4. 04Ilyasov Aziz Saidmuratovich bilan suhbat27.04.2026→
Barcha yangiliklar →

Matbuot xizmati

Matbuot xizmati bilan bog'lanish

Yangilik yuborish yoki hamkorlik bo'yicha savollaringiz bo'lsa, biz bilan bog'laning.
Bog'lanish →