+998 78 150-40-40 info@niuedu.uz
Talabalar uchunOta-onalar uchunXodimlar uchun
NAVOIY INNOVATSIYALARUNIVERSITETI
Universitet
Universitet haqidaRahbariyatKengashlarKampuslarBo'lim va markazlarYashil universitetBitiruvchilarVakansiyalar
Ta'lim
Ilm va fan
Ilmiy faoliyatKafedralarOlimlar klubiKonferensiya va tadbirlarUniversitet texnologiyalariAvtoreferatlarAxborot-resurs markazi
Hamkorlik
HamkorlarXalqaro faoliyat
Yangiliklar
YangiliklarFotogalereya va videolarKelajakka qadam
Aloqa
AloqaRektorga murojaat
Ariza topshirish
NAVOIY INNOVATSIYALARUNIVERSITETI

Biz bilan bog'lanish

+998 78 150-40-40

info@niuedu.uz

Navoiy viloyati Karmana tumani Toshkent ko'chasi 39-uy

Universitet

RektoratTuzilmaMissiya va qadriyatlarRasmiy hujjatlarAloqa

Talaba uchun

MoodleKutubxonaStipendiyaKaryera markaziTalabalar turar joyi

Foydali

YangiliklarTadbirlarSavol-javobSayt xaritasiOchiq ma'lumotlar
© 2022-2026 Navoiy innovatsiyalar universiteti. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlari
Bosh sahifaYangiliklarBatafsil
Yangilik
18.03.2025 1 daqiqa

“Rus tili” fanidan ochiq dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

“Rus tili” fanidan ochiq dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi Navoiy innovatsiyalar universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi o‘qituvchisi Shodiyeva Iroda Sa’dullayevna tomonidan 1-kurs, 1-guruh (kunduzgi ta’lim) Ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari uchun…

“Rus tili” fanidan ochiq dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

“Rus tili” fanidan ochiq dars

mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

Navoiy innovatsiyalar universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi o‘qituvchisi Shodiyeva Iroda Sa’dullayevna tomonidan 1-kurs, 1-guruh (kunduzgi ta’lim) Ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari uchun “Rus tili” fanidan “Общие понятия о стилях речи” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

Darsning asosiy maqsadi talabalar rus tilidagi nutq uslublari haqida tushunchaga ega bo‘lishlari, har bir uslubning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishlari hamda turli vaziyatlarda to‘g‘ri nutq uslubini tanlashni o‘zlashtirishlariga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.

Mashg‘ulot davomida talabalar I.A. Krilovning “Qarg‘a va tulki” masalini badiiy uslubda tahlil qilishdi. Ular masalni o‘qib berish yoki sahnalashtirish orqali badiiy ifodalar, tilning nafisligi va adabiy me’yorlarini tushunish imkoniga ega bo‘lishdi.

Guruhlar o‘zlariga ajratilgan qismni badiiy uslubda o‘qishga va qahramonlarning fikrlarini jonli yetkazishga harakat qilishdi. Darsning yakuniy qismida talabalar o‘z bilimlarini “Kalmar o‘yini” orqali mustahkamlashdi.

O‘yin metodikasidan foydalanish talabalarning e’tiborini kuchaytirib, turli nutq uslublarini yanada yaxshiroq anglashlariga yordam berdi. Ochiq dars talabalar uchun qiziqarli va samarali bo‘lib, ularning rus tili bo‘yicha bilimlarini yanada boyitdi.

Maqola haqida

Sana
18.03.2025
Tur
Yangilik
O'qish vaqti
1 daqiqa

O'xshash yangiliklar

  1. 01Kelajakka qadam15.09.2026→
  2. 02RASMIY AXBOROT - Universitet rahbariyatidagi o'zgarishlar07.07.2026→
  3. 03"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi xayrli ishlarda Navoiy yoshlari ham faol ishtirok etishmoqda21.05.2026→
  4. 04Ilyasov Aziz Saidmuratovich bilan suhbat27.04.2026→
Barcha yangiliklar →

Matbuot xizmati

Matbuot xizmati bilan bog'lanish

Yangilik yuborish yoki hamkorlik bo'yicha savollaringiz bo'lsa, biz bilan bog'laning.
Bog'lanish →