16–18-oktabr kunlari Gretsiyada CONFLUENCE.RU xalqaro forumi bo’lib o’tdi. Forumda Navoiy innovatsiyalar universiteti Filologiya va tillarni o’qitish kafedrasi dotsenti v.b., filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Rimma Biksaliyeva O’zbekiston vakili sifatida ishtirok etdi.
Forum doirasida rus tilini chet tili sifatida o’qitishning dolzarb masalalari, yangi metodik yondashuvlar, ikki tillilik muammolari, adabiyotshunoslik tadqiqotlari hamda ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Bu ishtirok oliy ta’lim muassasasining ilmiy salohiyatini xalqaro miqyosda namoyish etish, yangi kasbiy aloqalarni o’rnatish va akademik hamkorlikni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.