NIU vakillarining Buyuk Britaniyaga safari doirasida dunyoning yetakchi ilmiy-ta’lim markazlaridan biri — University of Cambridge’ga ham tashrif amalga oshirildi.
Tashrif davomida delegatsiyamizga universitetning biologiya, kimyo va fizika yo’nalishlaridagi zamonaviy ilmiy laboratoriyalari, yuqori texnologiyali uskunalari, tadqiqot infratuzilmasi hamda ilmiy izlanishlarni tashkil etish tajribasi bilan tanishtirildi. Xususan, Ray Dolby Centre va Department of Physics – The Cavendish Laboratory faoliyati alohida qiziqish uyg’otdi.
Cambridge universiteti Biologiya laboratoriyasi professori Temur Yusupov laboratoriyalarda qo’llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, ilmiy-tadqiqot uskunalari, amalga oshirilayotgan fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda olimlar faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
NIU xalqaro tajribani amaliy natijaga, ilmiy hamkorlikni esa yangi imkoniyatlarga aylantirish sari dadil qadam tashlamoqda.