+998 78 150-40-40 info@niuedu.uz
Talabalar uchunOta-onalar uchunXodimlar uchun
NAVOIY INNOVATSIYALARUNIVERSITETI
Universitet
Universitet haqidaRahbariyatKengashlarKampuslarBo'lim va markazlarYashil universitetBitiruvchilarVakansiyalar
Ta'lim
Ilm va fan
Ilmiy faoliyatKafedralarOlimlar klubiKonferensiya va tadbirlarUniversitet texnologiyalariAvtoreferatlarAxborot-resurs markazi
Hamkorlik
HamkorlarXalqaro faoliyat
Yangiliklar
YangiliklarFotogalereya va videolarKelajakka qadam
Aloqa
AloqaRektorga murojaat
Ariza topshirish
NAVOIY INNOVATSIYALARUNIVERSITETI

Biz bilan bog'lanish

+998 78 150-40-40

info@niuedu.uz

Navoiy viloyati Karmana tumani Toshkent ko'chasi 39-uy

Universitet

RektoratTuzilmaMissiya va qadriyatlarRasmiy hujjatlarAloqa

Talaba uchun

MoodleKutubxonaStipendiyaKaryera markaziTalabalar turar joyi

Foydali

YangiliklarTadbirlarSavol-javobSayt xaritasiOchiq ma'lumotlar
© 2022-2026 Navoiy innovatsiyalar universiteti. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlari
Bosh sahifaYangiliklarBatafsil
Yangilik
26.01.2026 2 daqiqa

NIU BETT UK–2026 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Navoiy innovatsiyalar universiteti delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning London shahrida tashkil etilgan BETT UK–2026 — “British Educational Training and Technology” (Britaniya ta’lim, trening va texnologiyalar) xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Mazkur tadbir ta’lim, raqamli…

NIU BETT UK–2026 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Navoiy innovatsiyalar universiteti delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning London shahrida tashkil etilgan BETT UK–2026 — “British Educational Training and Technology” (Britaniya ta’lim, trening va texnologiyalar) xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Mazkur tadbir ta’lim, raqamli texnologiyalar hamda innovatsion yechimlar sohasidagi eng yirik va nufuzli xalqaro platformalardan biri hisoblanib, unda 40 mingdan ortiq xorijiy tashrif buyuruvchilar, 600 dan ziyod yetakchi xalqaro kompaniyalar, shuningdek, dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan nufuzli oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar va ta’lim tashkilotlari vakillari faol ishtirok etdi.Ko‘rgazma doirasida ta’limda zamonaviy raqamli texnologiyalar, sun’iy intellektga asoslangan yechimlar, ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish, masofaviy ta’lim platformalari hamda innovatsion pedagogik yondashuvlar keng namoyish etildi. Ushbu yo‘nalishlar Navoiy Innovatsiyalar universitetining strategik rivojlanish ustuvor yo‘nalishlari bilan bevosita uyg‘unlashadi.Ko‘rgazmaning ilk kuni doirasida universitet delegatsiyasi kompyuter fanlari, ma’lumotlar tahlili (Data Analytics), dasturiy ta’minot injiniringi, sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi 20 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar hamda kompaniyalar bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi. Shu bilan bir qatorda, NIU bosh direktori Eldo‘st Raxmonov Isaqulovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov Baxtiyorovich bilan uchrashib, BETT UK–2026 doirasidagi hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdi. Mazkur xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etish - Navoiy Innovatsiyalar universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va ularni milliy ta’lim tizimiga joriy etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Maqola haqida

Sana
26.01.2026
Tur
Yangilik
O'qish vaqti
2 daqiqa

O'xshash yangiliklar

  1. 01Kelajakka qadam15.09.2026→
  2. 02RASMIY AXBOROT - Universitet rahbariyatidagi o'zgarishlar07.07.2026→
  3. 03"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi xayrli ishlarda Navoiy yoshlari ham faol ishtirok etishmoqda21.05.2026→
  4. 04Ilyasov Aziz Saidmuratovich bilan suhbat27.04.2026→
Barcha yangiliklar →

Matbuot xizmati

Matbuot xizmati bilan bog'lanish

Yangilik yuborish yoki hamkorlik bo'yicha savollaringiz bo'lsa, biz bilan bog'laning.
Bog'lanish →