+998 78 150-40-40 info@niuedu.uz
Talabalar uchunOta-onalar uchunXodimlar uchun
NAVOIY INNOVATSIYALARUNIVERSITETI
Universitet
Universitet haqidaRahbariyatKengashlarKampuslarBo'lim va markazlarYashil universitetBitiruvchilarVakansiyalar
Ta'lim
Ilm va fan
Ilmiy faoliyatKafedralarOlimlar klubiKonferensiya va tadbirlarUniversitet texnologiyalariAvtoreferatlarAxborot-resurs markazi
Hamkorlik
HamkorlarXalqaro faoliyat
Yangiliklar
YangiliklarFotogalereya va videolarKelajakka qadam
Aloqa
AloqaRektorga murojaat
Ariza topshirish
NAVOIY INNOVATSIYALARUNIVERSITETI

Biz bilan bog'lanish

+998 78 150-40-40

info@niuedu.uz

Navoiy viloyati Karmana tumani Toshkent ko'chasi 39-uy

Universitet

RektoratTuzilmaMissiya va qadriyatlarRasmiy hujjatlarAloqa

Talaba uchun

MoodleKutubxonaStipendiyaKaryera markaziTalabalar turar joyi

Foydali

YangiliklarTadbirlarSavol-javobSayt xaritasiOchiq ma'lumotlar
© 2022-2026 Navoiy innovatsiyalar universiteti. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlari
Bosh sahifaYangiliklarBatafsil
Yangilik
27.03.2025 1 daqiqa

"Navoiyshunoslik" fanidan ochiq dars tashkil etildi

"Navoiyshunoslik" fanidan ochiq dars tashkil etildi Navoiy innovatsiyalar universiteti "Filologiya va tillarni o'qitish" kafedrasining O'zbek tili ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 1-guruh (sirtqi ta'lim) talabalari uchun filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, PhD Sharipova Nigora…

"Navoiyshunoslik" fanidan ochiq dars tashkil etildi

"Navoiyshunoslik" fanidan ochiq dars tashkil etildi

Navoiy innovatsiyalar universiteti "Filologiya va tillarni o'qitish" kafedrasining O'zbek tili ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 1-guruh (sirtqi ta'lim) talabalari uchun filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, PhD Sharipova Nigora Nuriddinovna tomonidan "Navoiyshunoslik" fanidan "Lison ut-tayr" dostoni va unda ilgari surilgan masalalar" mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Dars davomida 2025-yilning viloyatimizda "Alisher Navoiy yili" deb e'lon qilinishiga alohida urg'u berilib, Hazrat Alisher Navoiy ijodining umumbashariy ahamiyati, "Lison ut-tayr" dostonining ma'rifiy-irfoniy mohiyati, poetik-struktur qurilishi, mazkur dostonning shoir olti dostoni ichida o'ziga xosligi, "Olloh-Olam-Odam" talqinidagi hikoyatlari tahliliga e'tibor qaratildi.

Dostondagi yetti vodiyning tasavvuf tariqatlari bilan uzviy aloqadorligiga munosabat bildirilib, undagi qushlar, Hudhud, Semurg' obrazlarining tasavvufiy talqinlari xususida fikr bildirildi. Ochiq dars zamonaviy texnologiyalar asosida "Tezkor savol-javob", "Fakt-reportaj", "Detal-timsol", "Notiqlik minbari", "Zakovat quiz" - "Tasavvur va tafakkur" metodlari orqali tashkil etilib, talabalar faolligi oshirildi. Bahs-munozaralar, savol-javoblar orqali mavzuga chuqur yondashildi.

Ochiq dars mashg‘ulotida professor-o‘qituvchilardan kafedra dotsenti A.Aslonov, f.f.f.d, PhD N.G'ulomova, p.f.f.d. PhD M.Sanoyeva, f.f.f.d, PhD R.Fayzullayeva, f.f.f.d. PhD N.Kobulova, f.f.f.d. PhD F.Rajabov, katta o'qituvchilar D.Kodirova, R.Biksaliyeva, D.Sharipovalar ishtirok etishdi.

Maqola haqida

Sana
27.03.2025
Tur
Yangilik
O'qish vaqti
1 daqiqa

O'xshash yangiliklar

  1. 01Kelajakka qadam15.09.2026→
  2. 02RASMIY AXBOROT - Universitet rahbariyatidagi o'zgarishlar07.07.2026→
  3. 03"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi xayrli ishlarda Navoiy yoshlari ham faol ishtirok etishmoqda21.05.2026→
  4. 04Ilyasov Aziz Saidmuratovich bilan suhbat27.04.2026→
Barcha yangiliklar →

Matbuot xizmati

Matbuot xizmati bilan bog'lanish

Yangilik yuborish yoki hamkorlik bo'yicha savollaringiz bo'lsa, biz bilan bog'laning.
Bog'lanish →