+998 78 150-40-40 info@niuedu.uz
Talabalar uchunOta-onalar uchunXodimlar uchun
NAVOIY INNOVATSIYALARUNIVERSITETI
Universitet
Universitet haqidaRahbariyatKengashlarKampuslarBo'lim va markazlarYashil universitetBitiruvchilarVakansiyalar
Ta'lim
Ilm va fan
Ilmiy faoliyatKafedralarOlimlar klubiKonferensiya va tadbirlarUniversitet texnologiyalariAvtoreferatlarAxborot-resurs markazi
Hamkorlik
HamkorlarXalqaro faoliyat
Yangiliklar
YangiliklarFotogalereya va videolarKelajakka qadam
Aloqa
AloqaRektorga murojaat
Ariza topshirish
NAVOIY INNOVATSIYALARUNIVERSITETI

Biz bilan bog'lanish

+998 78 150-40-40

info@niuedu.uz

Navoiy viloyati Karmana tumani Toshkent ko'chasi 39-uy

Universitet

RektoratTuzilmaMissiya va qadriyatlarRasmiy hujjatlarAloqa

Talaba uchun

MoodleKutubxonaStipendiyaKaryera markaziTalabalar turar joyi

Foydali

YangiliklarTadbirlarSavol-javobSayt xaritasiOchiq ma'lumotlar
© 2022-2026 Navoiy innovatsiyalar universiteti. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlari
Bosh sahifaYangiliklarBatafsil
Yangilik
27.04.2026 1 daqiqa

Ilyasov Aziz Saidmuratovich bilan suhbat

Navoiy innovatsiyalar universitetida ilmiy-ma’rifiy muhitni yanada rivojlantirish, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ularni zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida texnika va tabiiy fanlar kafedrasi professori, biologiya fanlari…

Ilyasov Aziz Saidmuratovich bilan suhbat

Navoiy innovatsiyalar universitetida ilmiy-ma’rifiy muhitni yanada rivojlantirish, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ularni zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida texnika va tabiiy fanlar kafedrasi professori, biologiya fanlari dotsenti, shuningdek, “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibi Ilyasov Aziz Saidmuratovich bilan uchrashuv va suhbat tashkil etildi.

Mazkur tadbirda professor o‘zining ilmiy faoliyati, olib borayotgan tadqiqotlari hamda sohadagi dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha ilmiy va hayotiy ma’lumotlar berib o‘tdi. Suhbat davomida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning bugungi kundagi ahamiyati, yosh mutaxassislar oldida turgan ustuvor vazifalar hamda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Ayniqsa, ilmiy izlanishlar olib borish metodologiyasi, startap loyihalarni shakllantirish hamda ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha berilgan tavsiyalar talabalar uchun katta ahamiyat kasb etadi. Suhbat yakunida professor yoshlarni izlanishga, yangilik yaratishga va o‘z ustida muntazam ishlashga undab, kelgusida yanada ko‘proq o‘qib-o‘rganib, o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lishga undadi.

Mazkur tadbir talabalarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ularning kasbiy rivojiga ko‘maklashish hamda universitetda innovatsion fikrlash muhitini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Maqola haqida

Sana
27.04.2026
Tur
Yangilik
O'qish vaqti
1 daqiqa

O'xshash yangiliklar

  1. 01Kelajakka qadam15.09.2026→
  2. 02RASMIY AXBOROT - Universitet rahbariyatidagi o'zgarishlar07.07.2026→
  3. 03"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi xayrli ishlarda Navoiy yoshlari ham faol ishtirok etishmoqda21.05.2026→
  4. 04NIUda yangi hamkorlik memorandumi25.03.2026→
Barcha yangiliklar →

Matbuot xizmati

Matbuot xizmati bilan bog'lanish

Yangilik yuborish yoki hamkorlik bo'yicha savollaringiz bo'lsa, biz bilan bog'laning.
Bog'lanish →