NIU talabalari o’rtasida ekologik tanlovning kafedralararo bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlov doirasida talabalar “Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat targ’ibotchisi”, “Eng faol ekovolontyor” va “Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” kabi nominatsiyalar bo’yicha o’z bilimlari, tashabbuslari va ijodiy yondashuvlarini namoyish etdi.
Unda Tabiiy va texnika fanlari hamda Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedralari talabalari faol qatnashib, tabiatga befarq bo’lmaslik, atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni targ’ib etish borasidagi qarashlarini namoyon qildilar.
Tanlov yakunida “Eng faol ekovolontyor” nominatsiyasi bo’yicha “Biologiya” ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi Rahmatillo Mo’minqulov g’olib deb topildi. Zero, tabiatni asrash katta ishlardan emas, unga bo’lgan e’tibor va kundalik mas’uliyatdan boshlanadi.