Bugun Navoiy innovatsiyalar universitetida chinakamiga tarixiy kun bo’ldi. 18-noyabr — O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan universitetimizda bayramona kayfiyat hukm surdi.
Tong sahardan ma’naviyat bo’limi tomonidan professor-o’qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda talaba-yoshlarni ko’tarinki ruhda, tantanali kutib olish tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida:
tashrif buyuruvchilarning ko’ksiga Vatanimiz bayrog’i tasviri tushirilgan lentalar taqib qo’yildi;
universitet ekranlarida talaba-yoshlarimiz tomonidan tayyorlangan vatanparvarlik ruhidagi bayram videoroliklari namoyish etildi.
Muqaddas bayrog’imiz hamisha sarbaland hilpirayversin!