+998 78 150-40-40 info@niuedu.uz
Talabalar uchunOta-onalar uchunXodimlar uchun
NAVOIY INNOVATSIYALARUNIVERSITETI
Universitet
Universitet haqidaRahbariyatKengashlarKampuslarBo'lim va markazlarYashil universitetBitiruvchilarVakansiyalar
Ta'lim
Ilm va fan
Ilmiy faoliyatKafedralarOlimlar klubiKonferensiya va tadbirlarUniversitet texnologiyalariAvtoreferatlarAxborot-resurs markazi
Hamkorlik
HamkorlarXalqaro faoliyat
Yangiliklar
YangiliklarFotogalereya va videolarKelajakka qadam
Aloqa
AloqaRektorga murojaat
Ariza topshirish
NAVOIY INNOVATSIYALARUNIVERSITETI

Biz bilan bog'lanish

+998 78 150-40-40

info@niuedu.uz

Navoiy viloyati Karmana tumani Toshkent ko'chasi 39-uy

Universitet

RektoratTuzilmaMissiya va qadriyatlarRasmiy hujjatlarAloqa

Talaba uchun

MoodleKutubxonaStipendiyaKaryera markaziTalabalar turar joyi

Foydali

YangiliklarTadbirlarSavol-javobSayt xaritasiOchiq ma'lumotlar
© 2022-2026 Navoiy innovatsiyalar universiteti. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlari
Bosh sahifaYangiliklarBatafsil
Yangilik
01.08.2025 1 daqiqa

Bitiruv kechasi – baxtiyor lahzalar, unutilmas onlar!

Bitiruv kechasi – baxtiyor lahzalar, unutilmas onlar! 29 iyul kuni “Farhod” madaniyat saroyida Navoiy innovatsiyalar universiteti bitiruvchilari uchun unutilmas va samimiy bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tantanali marosimda faxriy mehmonlar – Navoiy davlat universiteti…

Bitiruv kechasi – baxtiyor lahzalar, unutilmas onlar!

Bitiruv kechasi – baxtiyor lahzalar,

unutilmas onlar!

29 iyul kuni “Farhod” madaniyat saroyida Navoiy innovatsiyalar universiteti bitiruvchilari uchun unutilmas va samimiy bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tantanali marosimda faxriy mehmonlar – Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muhiddin Kalonov hamda Navoiy viloyat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi To‘xtayev Feruz Sa’dullayevich ishtirok etishdi.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar hamda Filologiya va tillarni o‘qitish kafedralari bitiruvchi talabalariga diplomlar universitet ta’sischisi Urolbek Normuratov, rektor J.Mavlonov hamda faxriy mehmonlar tomonidan rasmiy va tantanali tarzda topshirildi.

Tadbir davomida sahnada kuy-qo‘shiqlar yangradi, zalda bayramona ruh hukm surdi. Bitiruvchilarning ota-onalari, yaqinlari va do‘stlari bu quvonchli daqiqalarda ularni samimiy tabriklab, g‘urur bilan qo‘llab-quvvatlashdi.

Shuningdek, bitiruv kechasi doirasida Navoiy davlat pedagogika universiteti bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanib, kelgusida kadrlar tayyorlash, ta’lim va ilmiy yo‘nalishlarda oliygohlar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlandi.

Mazkur kecha bitiruvchilarning hayotida o‘chmas iz qoldirgan, unutilmas va esda qolarli lahzalarga boy bo‘ldi!

Maqola haqida

Sana
01.08.2025
Tur
Yangilik
O'qish vaqti
1 daqiqa

O'xshash yangiliklar

  1. 01Kelajakka qadam15.09.2026→
  2. 02RASMIY AXBOROT - Universitet rahbariyatidagi o'zgarishlar07.07.2026→
  3. 03"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi xayrli ishlarda Navoiy yoshlari ham faol ishtirok etishmoqda21.05.2026→
  4. 04Ilyasov Aziz Saidmuratovich bilan suhbat27.04.2026→
Barcha yangiliklar →

Matbuot xizmati

Matbuot xizmati bilan bog'lanish

Yangilik yuborish yoki hamkorlik bo'yicha savollaringiz bo'lsa, biz bilan bog'laning.
Bog'lanish →