+998 78 150-40-40 info@niuedu.uz
Talabalar uchunOta-onalar uchunXodimlar uchun
NAVOIY INNOVATSIYALARUNIVERSITETI
Universitet
Universitet haqidaRahbariyatKengashlarKampuslarBo'lim va markazlarYashil universitetBitiruvchilarVakansiyalar
Ta'lim
Ilm va fan
Ilmiy faoliyatKafedralarOlimlar klubiKonferensiya va tadbirlarUniversitet texnologiyalariAvtoreferatlarAxborot-resurs markazi
Hamkorlik
HamkorlarXalqaro faoliyat
Yangiliklar
YangiliklarFotogalereya va videolarKelajakka qadam
Aloqa
AloqaRektorga murojaat
Ariza topshirish
NAVOIY INNOVATSIYALARUNIVERSITETI

Biz bilan bog'lanish

+998 78 150-40-40

info@niuedu.uz

Navoiy viloyati Karmana tumani Toshkent ko'chasi 39-uy

Universitet

RektoratTuzilmaMissiya va qadriyatlarRasmiy hujjatlarAloqa

Talaba uchun

MoodleKutubxonaStipendiyaKaryera markaziTalabalar turar joyi

Foydali

YangiliklarTadbirlarSavol-javobSayt xaritasiOchiq ma'lumotlar
© 2022-2026 Navoiy innovatsiyalar universiteti. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlari
Bosh sahifaYangiliklarBatafsil
Yangilik
05.03.2025 1 daqiqa

Baxtim shul, o‘zbekning Zulfiyasiman!

BAXTIM SHUL, O‘ZBEKNING ZULFIYASIMAN! Joriy yilning 28-fevral kuni Navoiy innovatsiyalar universitetida Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi tomonidan Oʼzbekiston xalq shoirasi, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi, vafo va sadoqat timsoli Zulfiya…

Baxtim shul, o‘zbekning Zulfiyasiman!

BAXTIM SHUL, O‘ZBEKNING ZULFIYASIMAN!

Joriy yilning 28-fevral kuni Navoiy innovatsiyalar universitetida Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi tomonidan Oʼzbekiston xalq shoirasi, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi, vafo va sadoqat timsoli Zulfiya Isroilova tavalludining 110 yilligi tantanali nishonlandi.

Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari, ijodkor talaba-yoshlar hamda adabiyot ixlosmandlari ishtirok etishdi. Badiiy kechada Zulfiyaxonim qalamiga mansub begʼubor yuraklardan otilib chiqqan goʼzal sheʼrlar jarangi dillarga xushnudlik bagʼishladi.

Sahnada Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim siymolari gavdalantirilib, ular qalamidan toʻkilgan sheʼrlar asosida kuylangan taronalar jonli ijroda kuylandi. Tadbir kuy-qoʻshiqlar va nafis raqslar bilan davom etdi. Shuningdek, tadbirda Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, f.f.f.d. Raʼno Fayzullayeva Zulfiya Isroilova hayoti va ijodi haqida toʼxtalib, shoira xotirasiga bagʼishlab yozgan sheʼrini oʼqib berdi.

Badiiy kecha soʻngida esa Filologiya va tillarni oʻqitish kafedrasi mudiri, professor Kadirov Kamol Namozovich Zulfiyaxonim ijodiga oʻz munosabatini bildirdi va tadbir ishtirokchilariga tashakkur izhor etib, ularga esdalik sovgʻalar ulashdi.

Maqola haqida

Sana
05.03.2025
Tur
Yangilik
O'qish vaqti
1 daqiqa

O'xshash yangiliklar

  1. 01Kelajakka qadam15.09.2026→
  2. 02RASMIY AXBOROT - Universitet rahbariyatidagi o'zgarishlar07.07.2026→
  3. 03"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi xayrli ishlarda Navoiy yoshlari ham faol ishtirok etishmoqda21.05.2026→
  4. 04Ilyasov Aziz Saidmuratovich bilan suhbat27.04.2026→
Barcha yangiliklar →

Matbuot xizmati

Matbuot xizmati bilan bog'lanish

Yangilik yuborish yoki hamkorlik bo'yicha savollaringiz bo'lsa, biz bilan bog'laning.
Bog'lanish →