Navoiy innovatsiyalar universitetining qadrli talabalari! 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni barchangizga muborak bo’lsin!
Bu kun — sizning kuningiz. Siz — universitetimiz yuragi, har bir yutuqning ilhomkori, har bir islohotning sababchisiz. Bugun NIU qanday cho’qqilarga erishgan bo’lsa, uning poydevorida sizning mehnatingiz, intilishingiz va orzularingiz turibdi. Siz — kelajak me’morlari, orzularni haqiqatga aylantiruvchilarsiz.
NIU sizning nafaqat sifatli tahsil olishingiz, xalqaro darajadagi talabgir kadrlar bo’lishingiz, shuningdek, hayotda ham o’z o’rningizni egallashingiz uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berishga hamisha tayyor! Bayramingiz yana bir bor muborak bo’lsin!