Qadrli NIU talabalari, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan milliy adabiyotimizni rivojlantirish, yangi ijodiy asarlarni qo’llab-quvvatlash va iste’dodli ijodkorlarni kashf etish maqsadida «100 ta yangi asar» ijodiy loyihasi e’lon qilindi.
Qabul qilinadigan janrlar: she’riy turkumlar, kichik hajmdagi dostonlar, hikoyalar, bolalar uchun hikoyalar, dramatik asarlar. Eng muhimi, asarlar ilgari e’lon qilinmagan bo’lishi lozim. Saralangan asarlarni jamoa to’plamlari shaklida nashr etish rejalashtirilgan.