+998 78 150-40-40 info@niuedu.uz
Talabalar uchunOta-onalar uchunXodimlar uchun
NAVOIY INNOVATSIYALARUNIVERSITETI
Universitet
Universitet haqidaRahbariyatKengashlarKampuslarBo'lim va markazlarYashil universitetBitiruvchilarVakansiyalar
Ta'lim
Ilm va fan
Ilmiy faoliyatKafedralarOlimlar klubiKonferensiya va tadbirlarUniversitet texnologiyalariAvtoreferatlarAxborot-resurs markazi
Hamkorlik
HamkorlarXalqaro faoliyat
Yangiliklar
YangiliklarFotogalereya va videolarKelajakka qadam
Aloqa
AloqaRektorga murojaat
Ariza topshirish
NAVOIY INNOVATSIYALARUNIVERSITETI

Biz bilan bog'lanish

+998 78 150-40-40

info@niuedu.uz

Navoiy viloyati Karmana tumani Toshkent ko'chasi 39-uy

Universitet

RektoratTuzilmaMissiya va qadriyatlarRasmiy hujjatlarAloqa

Talaba uchun

MoodleKutubxonaStipendiyaKaryera markaziTalabalar turar joyi

Foydali

YangiliklarTadbirlarSavol-javobSayt xaritasiOchiq ma'lumotlar
© 2022-2026 Navoiy innovatsiyalar universiteti. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlari
Orqaga

Markaz

Marketing va talabalar bilan ishlash boshqarmasi

Bosh sahifaBo'lim va markazlar

Boshqarma haqida

Talabalar, abituriyentlar va hamkorlar bilan muloqotni yagona tizimda yuritadi.

Telefon:(55) 500-00-43

E-mail:marketing@niu.uz

Bog'lanishMurojaat yuborish

Barcha vazifalar

Bo‘lim boshlig‘i to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish uchun kontraktlarni rasmiylashtirilishini ta’minlash, o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar hisobini yuritish ishlarini amalga oshiradi
O‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kasb-hunar ta’limi markazi Hay’at qarorlari va buyruqlari, Toshkent davlat yuridik universiteti buyruqlari, universitet Nizomi, universitet Kengashi qarorlari, universitet rektorining buyruqlari, shuningdek, mazkur Nizomga muvofiq olib boradi.
Bo‘lim boshlig‘i bevosita rektorning moliya-xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosariga bo‘ysunadi.
Quyidagilar bo‘lim boshlig‘ining asosiy vazifalari hisoblanadi:
To‘lov-kontrakt asosida o‘qitish uchun ikki yoki uch tomonlama kontraktlarni (keyingi o‘rinlarda kontrakt deb yuritiladi) tuzilishini ta’minlash
Kontraktlar bo‘yicha to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish va tushgan mablag‘lar hisobini yuritish
Bo‘lim boshlig‘i o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) kontraktlarni tuzilishini ta’minlash
To‘lov-kontrakt asosida o‘quvchilikka tavsiya etilib, dars mashg‘ulotlariga qatnashishga ruxsat etilgan hamda kursdan kursga o‘tkazilayotgan va o‘qishga qayta tiklangan o‘quvchilar bilan kontraktlarni rasmiylashtirish
O‘qishga qabul qilingan xorijiy fuqarolar bilan belgilangan shaklda kontraktlarni rasmiylashtirish va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish
O‘quvchilar tomonidan kontrakt to‘lovlarning amalga oshirilganligi to‘g‘risida hujjatlarni dekanatlar orqali qabul qilib olish va yuritish
Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari o‘rtasida o‘quvchilar bilan rasmiylashtirilgan kontraktlar shartlari, to‘lovlarni amalga oshirish tartibi haqida tushuntirish ishlarini olib borish
b) kontraktlar bo‘yicha to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish va tushgan mablag‘lar hisobini yuritishda:
Dekanatlarga kontraktlar bo‘yicha to‘lovlarning amalga oshirilishi yuzasidan ma’lumotlarni taqdim etish
O‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha tushgan mablag‘lar to‘g‘risidagi hisobotlarni o‘z vaqtida tayyorlash
O‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha tushumlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda universitet buxgalteriyasiga taqdim etib borish
O‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqib, rektorning moliya-xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosariga takliflar kiritish
O‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha tushgan mablag‘larga oid tahliliy ma’lumotlarni rektorning moliya-xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosariga doimiy ravishda taqdim etib borish.
Bo‘lim boshlig‘i universitet Kengashining qarorlari va rektorining buyruqlarida bo‘limga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlashga
Universitet rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishga
Faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori samaradorlikni ta’minlashga, universitet tadbirlarida faol ishtirok etishga
O‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga
Mehnat va ijro intizomi hamda xizmat vazifalariga rioya qilishga, yillik ish rejalarning bajarilishini ta’minlashga
Universitet mol-mulkiga o‘zlarining mol-mulkidek munosabatda bo‘lish, asrab-avaylash
Universitet ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalariga rioya etish.
Marketing bo‘limi boshlig‘iga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.