O'quv yuklamasi, kredit-modul jarayoni va akademik monitoringni yuritadi.
Barcha vazifalar
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.12.2020-yildagi 824-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida tashkil etilgan.Bevosita vazifalari:ta’limning kredit-modul tizimi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashKredit-modul ta’lim tizimining tamoyillari asosida tanlov fanlar katalogini shakllantirish va unga kiritilgan fanlarni Postrekvizit va Prerekvizit fanlar ketma-ketligini, fanlarning ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarining, bozor iqtisodiyotining talablari asosida shakllantirish hamda muntazam yangilab borish jarayonini tashkil qilishtalabalarning mustaqil ta’limini kafedralarda toʻgʻri tashkil etilganligi, bajarilayotgan mustaqil ta’lim ishlarini originalligini nazorat qilishni tashkil etishOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Oliy ta’lim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etishning tashkiliy masalalariga taalluqli hujjatlar namunalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 15-yanvardagi 30-son buyrugʻining 1-11 ilovalariga muvofiq oliy ta’lim muassaslarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etishning tashkiliy masalalariga taaluqli hujjatlar namunalarini buyruq ilovalariga muvofiq yuritilishini tashkil qilishKredit-modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimidan foydalanish boʻyicha institut mas’ul xodimlari va mutaxassislari uchun seminar-treninglar oʻtkazish1-kurs talabalar safiga qabul qilingan talabalarga ta’limning kredit-modul tizimini joriy etish tartibini tushuntirish boʻyicha seminar-treninglar tashkil etishHemis ta’limni boshqarishning axborot tizimini yuritilishi, tegishli boʻlimlar tomonidan ma’lumotlarni kiritilishi, kontentlar va talabalar bazasining toʻliq shakllantirilganligini nazorat qilishtalabalarni fanlarga yozilishini tashkil qilishda (Enrollment) tyutorlar va kafedralar bilan hamkorlikda ishlashni tashkil etishyakuniy nazoratlarni tashkil qilish va oʻtkazishoʻquv rejalarini ishlab chiqishda Balonya jarayoni ishtirokchi mamlakatlari OTMlarining oʻquv rejalari bilan muvofiq ishlab chiqilganligini monitoringini olib borishoʻqitishning kredit-modul jarayoniga tegishli masalalar boʻyicha rektor buyrugʻi va Kengash qarorlari loyihalarini tayyorlashKredit-modul mutaxassisi xizmat vazifasiga quyidagilar kiradi:Kredit-modul tizimi nomenklaturasi boʻyicha hujjatlar yuritilishini ta’minlashKredit-modul tizimi faoliyatiga doir buyruqlar, qaror loyihalari, xizmat xatlari va shu kabi hujjatlarni tayyorlash, belgilangan tartibda rasmiylashtirish va tegishli tashkilotlarga yuborilishini tashkil etishKredit-modul tizimiga kelgan hujjatlar qayd etilishini tashkil etishaxborot kommunikatsion texnologiyalarni puxta bilishiFilialning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish